Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi-2025ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi-2025ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U-17 milliy jamoasi Osiyo Kubogi saralash bosqichining 3-turida Iroqni minimal hisobda mag‘lub etdi va 9 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘ldi.

Islom Ismoilov shogirdlari avvalgi turlarda Falastin (3:0) va Xitoy Taypeyidan (1:0) ustun kelgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston 2025 yil 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatiga yo‘l olishdi.

Osiyo Kubogi U-17 saralashi

E guruhi. 3-tur

O‘zbekiston — Iroq 1:0

27 oktyabr, Xitoy Taypeyi

Gol: Nurbek Sarsenboyev (60).

O‘zbekiston U-17 — Rustamjonov, Bahodirxonov, Murodov, Hasanov, Sarsenboyev, Habibullayev, Sodiqov, Saidmurodov, Musaxonov, Shukurullayev, Erimbetov.

Zaxiradagilar — Shokirov, Izboskanov, Yusufbayev, Parpiyev, To‘laganmirzayev, Rustamov, Saidov, Abdukarimov, Qaytmasov, Fayzullayev, Naimov, Kamolxonov.

Kiritildi: 18:31 27.10.2024. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!