Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida quriladigan sanoat majmuasi 100 gektar maydonni egallaydi

O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida quriladigan sanoat majmuasi 100 gektar maydonni egallaydi

"Joriy yilda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida sanoat majmuasi qurilishi boshlanadi". Shunday sarlavhali maqola Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi saytida joylashtirildi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning Turkiston va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlarida quriladigan "Markaziy Osiyo" sanoat kooperasiyasi majmuasi qariyb 100 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga ko‘ra, u yerda yopiq majmua bunyod etiladi, ishlab chiqarish va ulgurji savdo uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2030 yil majmuaning to‘liq ishga tushirilishi va tijorat maqsadlarida foydalanish davri sifatida belgilangan.

"Markaziy Osiyo" sanoat kooperasiyasi Turkiston va Sirdaryo viloyatlari yalpi ichki mahsulotini ko‘paytirish bilan birga, chegaradosh viloyatlarni yirik logistika markaziga aylantirishga xizmat qiladi", — deb yozgan "Kazinform" agentligi.

Kiritildi: 12:02 26.02.2024. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!