Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston qizilmiya yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda

O‘zbekiston qizilmiya yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda

Britaniyaning The Economist jurnalida Orolbo‘yi mintaqasini tiklashga qaratilgan ekologik loyiha mavzusiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Unda tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan qizilmiya ildizini yetishtirish bo‘yicha loyiha natijadorligi bilan bog‘liq tafsilotlar qalamga olingan.

“Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2021 yillarda O‘zbekistondan qizilmiya ekstrakti eksporti hajmi 30 million dollarga yetgan, - deb yozadi jurnal. - O‘zbekiston o‘tgan yili qizilmiya yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Qoraqalpog‘iston ushbu loyiha markazida”.

Maqolada Qizilmiya yetishtiruvchilar milliy assosiasiyasi raisi Murat G‘oipovning qizilmiya eksporti sezilarli darajada oshgani haqidagi fikrlari keltirilgan. “Bu hukumat qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish strategiyasiga mos keladi. Masalan, neft mahsulotlari o‘rniga tayyor plastmassa, paxta o‘rniga to‘qimachilik mahsulotlari”, deb yozadi nashr.

Qoraqalpog‘istonda qizilmiyani qayta ishlash korxonalari tashkil etilgan, ular bir qismi xitoylik investorlar ishtirokida tuzildi. Ushbu korxonalar soliq imtiyozlariga ega bo‘lib, bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.

Hozirgi vaqtda qizilmiya ildiziga asoslangan mahsulotlar assortimenti keng - bu shampunlar, choy, dori-darmonlar. Mutaxassis fikricha, kompaniyalar soni ortishi bilan O‘zbekiston qizilmiya ekstrakti ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi va qizilmiya eksportini ikki barobarga oshirishi mumkin.

Kiritildi: 11:00 22.09.2022. O'qildi: 2436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!