Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–40-son, 13.03.2026 y.) qabul qilindi.

🏛 Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

✅ Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

📝 Qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

📜 Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:

▫️ yosh akademik;
▫️ Akademiya professori;
▫️ Akademiyaning muxbir a’zosi;
▫️ Akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik);
▫️ Akademiyaning xorijiy a’zolari.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!