Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Qirg‘izistonda ikkita maktab quradi

O‘zbekiston Qirg‘izistonda ikkita maktab quradi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi kelishuv loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Botken viloyatida ikkita maktab qurishni rejalashtirmoqda. Bugun 27 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘u Kengeshi qo‘mitasida ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Botken viloyati Samarkandek va Leylek tumanining Marg‘un qishlog‘ida 330 o‘rinli umumta’lim maktablari quriladi.

“Ushbu maqsadlar uchun Marg‘un qishlog‘idan 0,30 gektar, Samarkandek qishlog‘idan 0,75 gektar yer uchastkasi ajratiladi”, — deya xabar bermoqda Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘u Kengeshi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qurilish ishlari yakunlangach, maktablar Qirg‘iziston mulkiga o‘tkaziladi.

Kiritildi: 16:44 27.10.2021. O'qildi: 1984 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!