Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston – Qatar aloqalari yangi bosqichda! Munira Aminova Dohada nima haqida muzokara qildi?

O‘zbekiston – Qatar aloqalari yangi bosqichda! Munira Aminova Dohada nima haqida muzokara qildi?

2025 yilning 26-27 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Qatar davlatida amaliy tashrif bilan bo‘lib, Qatar hukumati va jamoatchilik institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi, Qatar taraqqiyot jamg‘armasi, Qatar xayriya tashkiloti, Vaqf ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi, Doha fan va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va yoshlar malakasini oshirish sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini e’tirof etib, kelgusida ushbu sohalarda tajriba almashish va hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi mustahkam sheriklikni yana bir bor tasdiqladi va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim qadam bo‘ldi.

Kiritildi: 19:55 27.05.2025. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!