UEFA Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan "PSJ" - "Inter" uchrashuviga hakamlarni tayinladi.
Uchrashuvni Ishtvan Kovach boshchiligidagi ruminiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uning yordamchilari Marius Marika va Ferens Tunyogi bo‘ladi. To‘rtinchi hakam vazifasini Joau Pineyru (Portugaliya) bajaradi.
Uchrashuv 31 may, shanba kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.