O‘zbekiston xalq qahramoni, xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi rahmatli Abdulla Oripovning farzandlari uning merosini talashib sudlashishmoqda.
«UzNews.uz» ning bu voqeadan xabardor ishonchli manbasiga ko‘ra Ilhom Oripov hamda Yulduz Oripova o‘zaro merosni bo‘lishib olishni sud orqali amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda. Albatta, meros masalasida buyuk shoirning qolgan farzandlari nomi keltirib o‘tilgan.
Marhum Abdulla Oripovning rafiqalari Xanifa aya Mustafayevaning da’vo arizalari dastlab sud tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, biz bu borada to‘liqroq ma’lum olish uchun harakatni boshlaganimizda, hozirda u kishining AQShda ekanliklarini aytishdi.
“UzNews.uz” ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Abdulla Oripovning mol-mulkiga nisbatan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga “Merosxo‘r deb topish va meros mulkidagi ulushni belgilash haqida”gi da’vo ariza bilan murojaat qilingan.
O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning nomida qolgan Toshkent viloyati Qibray tumani hududidagi Yozuvchilar ijod uyi ko‘chasida joylashgan 0.40 ga ko‘chmas mulk ham meros ro‘yxatida bor hamda bu joyni ham teng taqsimlash masalasi talab qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, aynan mana shu joy Abdulla Oripovga qadar Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimga tegishli bo‘lgan.
“UzNews.uz” bu boradagi turli “gap-so‘zlar”ga aniqlik kiritish maqsadida Abdulla Oripovning farzandlaridan biri bilan bog‘lanish harakatida, va shundan so‘ng to‘liq tafsilotlar e’tiboringizga taqdim etiladi.