Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  13 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yilning birinchi choragida tovar ayirboshlash 28 foizga ko‘paydi, sanoat kooperasiyasi dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, transport va logistika sohasida yirik loyihalar tayyorlanmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 13:17 13.05.2021. O'qildi: 2015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!