Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va qardosh Qirg‘iziston Qirg‘iziston xalqiga bardavom ravnaq tiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajadagi aloqalar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvlar olib borilmoqda.

Yirik strategik loyihalar, jumladan, “O‘zbekiston - Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi doirasidagi ishlar davom etmoqda.

Etakchilar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!