Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Misrning yetakchi kompaniyasi rahbarini qabul qildi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti Misrning yetakchi kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.

Misrning yetakchi investisiya-sanoat korporasiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma “yo‘l xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Kiritildi: 18:12 29.05.2023. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!