Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaning yangi kanslerini tabrikladi: “O‘zbekiston va Germaniya aloqalari yangi bosqichga ko‘tariladi”

O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaning yangi kanslerini tabrikladi: “O‘zbekiston va Germaniya aloqalari yangi bosqichga ko‘tariladi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Kansler rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va vaqt sinovlaridan o‘tgan hamda muhim hamkor bo‘lgan Germaniya bilan ko‘p qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi ta’kidlangan.

"Siz bilan birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan “yashil” iqtisodiyot, investisiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishiga aminman",
— deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Kiritildi: 17:36 07.05.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!