Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Eron bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Prezidenti Eron bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Eron Prezidentining o‘tgan yil sentyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperasiyasi kuchayganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari surish, jumladan, Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Kiritildi: 19:30 24.01.2023. O'qildi: 2985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!