Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti AQSh bilan savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh bilan savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik uchrashuvlarining navbatdagisi AQSh savdo vakili Jeymison Grir bilan bo‘ldi.

Qo‘shma loyihalar doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimining amaliy natijalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investisiya sohalarida barqaror sur’atda rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yakuniga yetkazishga oid masalalarda amaliy hamkorlikni kuchaytirish va AQSh tomonidan ushbu jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mahsulotlarni barqaror yetkazib berish, texnik tartibga solish va raqamli savdoga oid mintaqaviy yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi Savdo va investisiyalar bo‘yicha hadli bitim (TIFA) doirasida hamkorlikni faollashtirish taklifi bildirildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti AQSh savdo vakili Jeymison Grirni joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Kiritildi: Bugun 06:30. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!