Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston para velosportchilari shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

O‘zbekiston para velosportchilari shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi.

Jamoa 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Chempionatda Aziz Otaxo‘jayev, Marjona Pardaboyeva, Odina Hamdamova, Ruxshona Yoqubova, Aziza Qosimova, Bunyod Hayitmuhammedov, Og‘abek Xudoyberganov va Fotima Saipova o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga ega chiqdi.

Turli yo‘nalishlarda bahslarga kirishgan Zarifa Mo‘minova, Bahodir Odinayev, Shahnoza Hakimova, Jasur Ilhomov, Marjona Pardaboyeva, Fotima Haydarova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Saidjabbor Dadaxonov, Jasur Ilhomov, Bunyod Hayitmuhammedov va To‘lqin Ravshanov kabi para velosportchilarimiz bronza medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: 2024 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 19 ta medal jamg‘argan para velosportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 14:00 10.02.2025. O'qildi: 1373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!