Senatda qabul qilingan qarorga muvofiq, Akram Shukurov Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Bahodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Xaydarov va Nozimjon Jurayev 10 yillik muddatga, Akmal Murodov hamda Odil Normahmatov esa sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga saylandilar.
Shu bilan birga, Dilshod Rajabov, Kamoliddin Tollibayev, Anvar Elmurodov va Elbekjon Turgunboyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan sudyalik lavozimidan ozod etildi.