Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronning yangi yetakchisi qayerda?

Eronning yangi yetakchisi qayerda?

G‘arb OAVlarining xabar berishicha, Eronning ehtimoliy yangi rahbari Mojtaba Xomanaiy Qum shahrida og‘ir ahvolda davolanmoqda va hushsiz holatda ekani aytilmoqda.

The Times nashri AQSh va Isroil razvedka ma’lumotlariga tayanib yozishicha, u shunday og‘ir ahvoldaki, mamlakatni boshqarishga qodir emas. Bu ma’lumotlar Fors ko‘rfazi davlatlari rahbariyatiga ham yetkazilgani ta’kidlanmoqda.

Manbalarga ko‘ra, bu amerikalik-isroillik operasiya boshlanganidan buyon uning qayerda ekani ilk bor ma’lum bo‘lishi hisoblanadi. U 28 fevral kunigi ilk zarbalarda jarohat olgan va shundan beri jamoatchilikka ko‘rinmagan.

Avvalroq Isroilning 12-kanali ham uning jarohatlanganini xabar qilgan edi. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, u oyoqlaridan jarohat olgan. Eron TIV esa keyinchalik bu holatni tasdiqlab, yangi yetakchi «o‘zini yaxshi his qilayotgani»ni bildirgan.

Shu bilan birga, uning otasi — sobiq oliy rahbar Ali Xomanaiyning dafn marosimi masalasi ham ochiq qolmoqda. U 28 fevral kuni halok bo‘lgani aytilmoqda va jasadi Qum shahrida dafnga tayyorlanmoqda.

Marosim hozircha kechiktirilmoqda, rasmiylar buni «juda katta odam yig‘ilishi kutilmoqda» deya izohlagan. The Times ta’kidlashicha, bu holat savollar uyg‘otmoqda, chunki islom an’analariga ko‘ra, marhumni tez orada dafn etish lozim.

8 aprel kuni Xomanaiy-otaning vafot etganiga 40 kun to‘ladi — bu islomda an’anaviy motam muddatining yakuni hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 08:52. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!