Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston oktyabr oyida JCH-2022 yarim finalchisi bilan o‘yin o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston oktyabr oyida JCH-2022 yarim finalchisi bilan o‘yin o‘tkazishi mumkin

Marokash terma jamoasi oktyabr oyida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi.

Marokashning Tenjer shahridagi Ibn Battuta stadioni qayta rekonstruksiya qilindi va uning ochilishi marosimi uchun O‘zbekistonga taklif yubordi.

"Morocco World News" tarqatgan xabarga ko‘ra, Marokash futbol federasiyasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘rtasida muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. O‘yin 6–14 oktyabr kunlari FIFAning xalqaro oynasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aslida Marokash stadionning ochilishi uchun Eritreya bilan kelishuvga erishgandi, ammo bu terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi. Shu bois, marokashliklar raqib sifatida O‘zbekistonga ko‘z tikishmoqda.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa 13 oktyabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini Malayziyada o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:08 11.09.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!