Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bahs-munozaraga sababchi bo‘lgan toshkentlik imom ma’ruzasi yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bahs-munozaraga sababchi bo‘lgan toshkentlik imom ma’ruzasi yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi ijtimoiy tarmoqlarda baxs-munozalarga sabab bo‘lgan Toshkentdagi «Iskandarxo‘ja» masjidi imom noibi Majidov Murodning ma’ruzasidagi Najmiddin Kubro hazratlari bilan bo‘lgan it voqeasi yuzasidan bayonot berdi.

Ma’ruzada ulug‘ zotning nazari tushgan itning qabrini aylangan inson quturish kasalligidan xalos bo‘lishi to‘g‘risidagi rivoyat aytilgan.

Qayd etilishcha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari Majidov Murod bilan mazkur masala yuzasidan suhbat olib borgan. Imom-domla mutasavvif olimlar asarlarida kelgan voqealarni bayon qilish asnosida it qabrini aylanish masalasini asossiz ma’lumotlarga tayangan holda noto‘g‘ri gapni aytib yuborganini tan olgan.

«Ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi imom-domlalarni doimo hujjat-dalil bilan gapirishga undaydi. Zero, dinimizni targ‘ib qilishda asossiz rivoyatlarga hojat yo‘q», — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

Kiritildi: 06:36 08.11.2019. O'qildi: 4021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!