Yanvar oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoning 144 mamlakati ichida 91-o‘rinni egalladi.
2023 yilning dekabr oyi bilan solishtirganda O‘zbekiston internet tezligi reytingida to‘rt pog‘ona ko‘tarilgan. Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qilgan. Simli internet tezligi esa o‘rtacha 59,07 Mbit/s ni tashkil etgan va bu borada reytingda bir pog‘ona yuqorilab, 89-o‘rinni egallagan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston yanvar oyida mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi (umumiy reytingda 69-o‘rin). Qirg‘iziston uchinchi (94-o‘rin), Tojikiston to‘rtinchi (140-o‘rin) bo‘ldi. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.