Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eron uyushtirgan zarbalardan so‘ng yaralangan amerikalik harbiylar soni ortdi

Eron uyushtirgan zarbalardan so‘ng yaralangan amerikalik harbiylar soni ortdi

Eronda urush boshlanganidan beri 232 nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralangan.

Bu haqda ABC News agentligi AQSh rasmiysiga tayanib xabar bermoqda.

Bu holatlarning aksariyati miya travmatik jarohatlari bilan bog‘liq. Ulardan 207 nafari allaqachon xizmatga qaytgan va 10 nafari "og‘ir yaralangan" deb hisoblanadi.

AQSh Mudofaa vazirligi "og‘ir yaralangan" deganda jarohatlari o‘lim xavfini tug‘diradigan harbiy xizmatchilarni tushunadi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!