Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi italiyalik mutaxassislar qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi italiyalik mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi shtab tarkibi yangi a’zolar bilan to‘ldirilgan.

Terma jamoaga ko‘p yillik xalqaro tajribaga ega fizioterapevt Silvano Kotti kelgan.

U faoliyati davomida Italiya va Xitoy milliy terma jamoalari, shuningdek, "Inter", "Milan", "Chelsi" hamda "Roma" klublarida ishlagan.

Shuningdek, sport nutrisiologi Andrea Iuliano ham jamoaga jalb etilgan.

Ushbu biolog-mutaxassis ilgari "Udineze" klubi va Shveysariya yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan.

Yangi mutaxassislar futbolchilarning jismoniy holati, tiklanishi va sport taomlanishi yo‘nalishlariga mas’ul bo‘lishadi.

Kiritildi: 23:13 21.09.2026. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!