Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasi yordamchi murabbiyi: “Hamma o‘z ishini qilgani ma’qul”

O‘zbekiston milliy jamoasi yordamchi murabbiyi: “Hamma o‘z ishini qilgani ma’qul”

O‘zbekiston milliy jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich JCH—2026 saralashi 3-turidan o‘rin olgan Eron (0:0) bilan o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Uchrashub qiyin bo‘lishini bilardik. G‘alaba qozonishga imkoniyatlar 50 ga 50 edi. Jaloliddin Masharipovda yaxshi imkoniyat bo‘ldi, raqib ham vaziyatlar yaratdi. Qo‘llab-quvvatlagan muxlislar va OAV xodimlariga rahmat.

O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Oldinda 7 ta bahs bor. BAAga qarshi o‘yinda ham shunday muxlislikni kutib qolamiz”, dedi Radmanovich.

Murabbiy hakamlarning harakatlari va futbolchilarning jismoniy holati haqida gapirdi.

“Murabbiylar uchun hakamlar haqida gapirish noto‘g‘ri. Hamma o‘z ishini qilgani ma’qul.

Katanes bilan uchrashuv davomida gaplashib turdik, ammo bu baribir uning zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishiga teng kelmaydi.

Raqib kamchilikda qolgach, yaxshi o‘ynagani to‘g‘ri. Bu — bizning xatomiz. Sabablardan yana biri — futbolchilarning jismoniy holati. 3 kun ichida barchani bir xil formaga keltirish qiyin.

Tarkibda muammolar bo‘ldi. Oston O‘runov tayyorligini aytgandi, ammo tekshiruvlar uning 90 daqiqa o‘ynay olmasligini ko‘rsatdi. Shu sabab vaziyatdan kelib chiqib o‘ynadik”, dedi murabbiy.

Kiritildi: 10:03 11.10.2024. O'qildi: 2632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!