Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operasiya qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operasiya qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operasiya qilindi.

Futbolchida o‘ng oyoq panja (plyusnevoy) suyagi sinishi tashxisi tasdiqlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tibbiy qo‘mitasi tomonidan xorijiy va mahalliy sport shifokorlari bilan birgalikda tegishli muhokamalar olib borildi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, futbolchining tezroq safga qaytishi hamda jarohat qaytalanishining oldini olish maqsadida operasiya amaliyoti bajarildi.

Hozirda futbolchining holati barqaror bo‘lib, reabilitasiya jarayoni boshlanadi. Dastlabki rejalarga ko‘ra, Behruz Karimov taxminan 1 oy muddatda safga qaytishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:21. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!