Yurtimizdagi mavjud epidemiologik holatdan kelib chiqib, mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan:
📌kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari(ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko‘chalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
📌65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga ular tomonidan diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
📌Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi.