Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yashash uchun eng arzon mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yashash uchun eng arzon mamlakat bo‘ldi

💼 Numbeo platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash narxlari Gruziya va Ozarbayjondan arzon, ammo Hindiston va Pokistondan qimmatroq .

🇺🇿 143 ta mamlakat orasida O‘zbekiston yashash xarajatlari indeksi bo‘yicha 130-o‘rinda joylashgan. Indeks qiymati – 24,9 ball.

💰 Portalning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bir kishining o‘rtacha oylik yashash xarajati 497,6 dollar atrofida. Bu miqdorga uy ijarasi kirmaydi.

🌏 Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingda:
🇰🇿 Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida yashash uchun eng qimmat mamlakat Qozog‘iston bo‘lib, u 26,6 ball bilan 121-o‘rinni egallagan.
🇹🇯🇰🇬 Tojikiston 26,2 ball bilan 122-o‘rin, Qirg‘iziston esa 25,6 ball bilan 126-o‘rinni egallagan.
🇹🇲 Turkmaniston reytingga kiritilmagan. Bunga mamlakatdagi yopiqlik prinsipi sabab bo‘lgan.

🌍 Dunyoning eng qimmat mamlakatlari:
🇰🇾 Kayman orollari – 108,2 ball
🇨🇭 Shveysariya – 106,8 ball
🇧🇸 Bagama orollari – 94,5 ball
🇸🇬 Singapur – 85,4 ball
🇳🇴 Norvegiya – 78,9 ball

🌍 Dunyoning eng arzon mamlakatlari:
🇱🇾 Liviya – 17,2 ball
🇵🇰 Pokiston – 17,7 ball
🇮🇳 Hindiston – 19 ball
🇦🇫 Afg‘oniston – 19,1 ball
🇪🇬 Misr – 19,6 ball

Kiritildi: 22:01 21.07.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!