Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston — Markaziy Osiyoda sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha birinchi o‘rinda

O‘zbekiston — Markaziy Osiyoda sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha birinchi o‘rinda

O‘zbekiston sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona yuqorilab, 188 davlat orasida 70-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa birinchi o‘rinda turibdi.

Prezident Mirziyoyevga berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu natijalar sohada qo‘yilgan ilk qadamlar samarasi bo‘lib, keyingi bosqichda ishlarni yanada jadallashtirish rejalashtirilgan.

Prezident ta’kidlashicha, 2030 yilgacha mo‘ljallangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida maxsus markaz faoliyat boshlagan.

Shuningdek, davlat rahbari sohada kadrlar salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatdi.

Kiritildi: 19:54 06.10.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!