O‘zbekiston maktab direktorlari Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etmoqda, deb xabar qilayapti «Dunyo».
Ixtisoslashtirilgan ta’lim ta’lim muassasalari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, dastur ishtirokchilar tashrif davomida «Park Community school»da bo‘lib, maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Safar davomida ushbu maktab o‘qituvlari bilan tajriba almashildi va ularning ilg‘or ta’lim usullari o‘rganildi.
Shuningdek, direktorlar maktablarda ta’lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzusidagi seminar-treninglarda qatnashmoqda.