Salohiyatli kadrlar zaxirasidan yana bir nomzod mas’ul lavozimga tayinlandi.
Djauberdiyev Yusuf Farxotovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
YU.Djauberdiyev tayinlovga qadar Navoiy shahri "Matonat" mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
▫️Nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Salohiyatli kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun, Salohiyatli kadrlar zaxirasi “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirishning yangi tizimi bo‘lib, nomzodlar davlatimiz rahbari ko‘rsatmasiga asosan, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari (yuqori natijalarga erishgan kadrlar) ichidan saralangan.