Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp o‘g‘lining to‘y bazmi uchun to‘langan mablag‘ tekshiriladi

Tramp o‘g‘lining to‘y bazmi uchun to‘langan mablag‘ tekshiriladi

AQShda demokratlar Tramp o‘g‘lining to‘y bazmi uchun Rossiyalik tadbirkor to‘lagan mablag‘ni tekshirmoqchi — Axios.

Gap ProPublica platformasi o‘tkazgan tekshiruv haqida ketmoqda. Unga ko‘ra, Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan rossiyalik sport funksioneri va tadbirkor Umar Kremlyov Bagam orollarida Donald Tramp kichikning to‘y xarajatlarining bir qismini to‘lagan.

Tekshiruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, Kremlyov Trampning katta o‘g‘li va model Bettina Andersonning to‘yi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlari uchun feyerverk xarajatlari va orollardan birining ijara haqini o‘z zimmasiga olgan. Juftlik vakillari ham ommaviy axborot vositalarida tarqalgan bu ma’lumotlarni tasdiqlagan.

Shu munosabat bilan, Axios yozishicha, Kaliforniyadan saylangan Kongress a’zosi Robert Garsiya Oq uy rahbari Syuzi Uaylzga maktub yo‘llagan.

«Nazorat qo‘mitasidagi demokratlar Tramp oilasi prezidentga yaqinligidan foydalanib, boyishga uringanining ko‘plab usullarini tekshirmoqda», — deb yozgan demokrat kongressmen.

Axios ta’kidlashicha, agar demokratlar bo‘lajak 3 noyabrdagi oraliq saylovlarda Vakillar palatasida nazoratni qo‘lga kiritsa, Garsiya Kongressdagi asosiy tergovchilardan biriga aylanishi mumkin.

Nashrga ko‘ra, ushbu tekshiruv uning bunday lavozimda qaysi yo‘nalishda ish olib borishi haqida «ancha aniq tasavvur» beradi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!