Tramp All-in forumida Nvidia rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, sun’iy intellekt atrofidagi xavotirlar uydirma ekanini aytdi.
Mikroprosessor va chiplar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasi rahbari Jensen Huang Los-Anjelesda o‘tayotgan All-in forumida chiqish qilayotgan paytda unga AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘ng‘iroq qildi.
Huang telefon ovozni balandlatib, forum qatnashchilariga Trampning gaplarini eshittirdi. AQSh prezidenti sun’iy intellekt atrofidagi xavotirlar uydirma ekanini hamda robotlar hokimiyatni egallab olmasligini ta’kidladi.
Ushbu qo‘ng‘iroq IT sohasining yetakchi vakillari sun’iy intellekt ishlanmalari sur’atini sekinlashtirishga chaqirayotgan bir paytda yuz berdi.
Avvalroq Anthropic rahbari Dario Amodey 1-2 yillik tanaffus sun’iy intellekt rivojida jiddiy xatolarning oldini olishga xizmat qilishini ma’lum qilgan edi. Uning ushbu pozisiyasini Microsoft rahbari Bill Geyts, OpenAI rahbari Sem Altman, shuningdek, SpaceX, Tesla va xAI kompaniyalari rahbari Ilon Mask ham qo‘llab-quvvatladi. Mask hatto sun’iy intellekt yadroviy qurolni ishga tushirishi mumkinligidan ogohlantirdi.