Buxoroning “Kamalak Shabnam Teks” kompaniyasi O‘zbekiston hududida Germaniyaning Curt Bauer brendiga bo‘lgan eksklyuziv mulk huquqini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi.
Loyiha doirasida avtomobilsozlik, mudofaa sanoati, aviasiya, tibbiyot va maishiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan poliyester va poliamid asosida yuqori sifatli texnik va uy to‘qimachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaning muhim jihati — Germaniyaning Curt Bauer kompaniyasi aktivlarini to‘liq O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chirib kelinadi.
Curt Bauer kompaniyasi 1882 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u premium toifadagi uy to‘qimachilik mahsulotlari, maxsus damashq matolarini ishlab chiqarish bilan tanilgan.