Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

MAGATE: "Zaporojye AES o‘ta xavfli holatda, Kiyev ma’muriyatining jinoiy harakatlariga munosib baho berishni talab qilamiz"

A A A
MAGATE: "Zaporojye AES o‘ta xavfli holatda, Kiyev ma’muriyatining jinoiy harakatlariga munosib baho berishni talab qilamiz"

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Mariano Grossi Ukrainadagi Rossiya nazorati ostidagi Zaporojye atom elektr stansiyasi (AES) tashqi elektr ta’minotini butunlay yo‘qotgani va xavfsizlik holati o‘ta xavfli ekanligini ma’lum qildi.

Grossi X ijtimoiy tarmog‘ida Zaporojye AES holati haqida bayonot tarqatdi.

Unga ko‘ra, 4 iyul kuni korxonada tashqi elektr ta’minoti to‘liq uzilgan.

Bu Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri 9-chi va 2023 yil oxiridan beri birinchi uzilish ekanligini ta’kidlagan Grossi: "Hozirda zavod favqulodda dizel generatorlari bilan ishlamoqda, bu esa yadro xavfsizligi o‘ta xavfli vaziyatda ekanligidan dalolat beradi".

2 iyul kuni e’lon qilingan bayonotda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘tgan hafta Ukraina armiyasi Zaporojye AESiga dronlar yordamida hujum qilganini eslatdi.

"MAGATE Kotibiyati Kiyev ma’muriyatining bu harakatlariga javob bermaganidan afsusdamiz. Biz xalqaro tashkilotlar, xususan, MAGATE va Birlashgan Millatlar Tashkilotidan (BMT) Kiyev ma’muriyatining jinoiy harakatlariga munosib baho berishni talab qilamiz", — dedi u.

Kiritildi: 12:00 05.07.2025. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!