Joriy yilning 4 iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi 1977 y.t. fuqaro D.A. turmush o‘rtog‘i 1982 y.t. M.D. bilan Andijon shahri O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jaroxat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Olgan tan jarohati oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur xolat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi A.D.ni ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.
Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.
Xozirda gumonlanuvchi prosessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.