O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi Kazinform.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston tomoni JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha 33 davlat bilan muzokaralar olib bordi va 24 davlat bilan tegishli shartnomalar tuzdi.
Ayni paytda milliy qonunchilikni tashkilot standartlariga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 13 ta qonun, 10 ta Prezident farmon va qarori, 19 ta Vazirlar Mahkamasining qarori, 10 ta idoralararo normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
“Prezident yil oxirigacha qolgan 9 davlat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash va ishchi guruhning yana ikkita yig‘ilishini o‘tkazish vazifasini qo‘ydi. Ish yuzasidan yakuniy hisobot keyinroq tayyorlanadi”, – deyiladi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabarida.