Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy hukumati to‘fon oqibatlarini bartaraf etish uchun 40 million yuan ajratdi

Xitoy hukumati to‘fon oqibatlarini bartaraf etish uchun 40 million yuan ajratdi

Xitoy hukumati to‘fon oqibatlarini bartaraf etish uchun 40 million yuan ajratdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

“40 million yuan (taxminan 5,57 million AQSh dollari) markaziy hukumat jamg‘armasidan Xaynan va Guandun provinsiyalari hamda Guansi-Chjuan avtonom rayonida favqulodda qutqaruv va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratildi”, - deya xabar qildi Xitoy Moliya vazirligi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, moliyaviy yordam Xitoy janubida “Vutip” to‘foni keltirib chiqargan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari munosabati bilan berilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Moliya va Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan ajratilgan mablag‘ jabrlanganlarni evakuasiya qilish va joylashtirish, xavfli omillarni aniqlash va bartaraf etish, ikkilamchi ofatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Yilning birinchi to‘foni bo‘lmish “Vutip” to‘foni juma kuni kechqurun Xaynan provinsiyasining Dunfan shahriga yetib keldi. U shanba kuni tushdan keyin qo‘shni Guandun provinsiyasidagi Leychjou shahriga yana yopirildi.

Kiritildi: 20:25 16.06.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!