Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"O‘zbekiston Jahon chempionatida maydonga shunchaki to‘p tepish uchun chiqmaydi"

"O‘zbekiston Jahon chempionatida maydonga shunchaki to‘p tepish uchun chiqmaydi"

JCH-2026 qur’asi butun futbol ommasining diqqat markazida turibdi.

Ayniqsa, ilk bor ishtirok etadigan jamoalar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun bu yanada qiziqarli jarayon. Tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov qur’a oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Jahon chempionati qur’asi oldidan qandaydir kutilmalar kutish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Savatchalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, birinchi savatchadan top-jamoalardan biri bilan to‘qnash kelamiz. Mundialda kuchsiz jamoa bo‘lmaydi. Lekin terma jamoamiz kim bilan o‘ynasa ham, maydonda shunchaki to‘p tepmaydi, chunki bizda ham oxirgi yillarda yaxshi ijrochilar yetishib chiqmoqda. Abduqodir Husanovni aytamizmi, Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev. Oston O‘runov sport formasini saqlab tursa, u ham o‘zini ko‘rsatadi. O‘tgan FIFA kunlaridagi Misr bilan o‘yinimizdan kelib chiqsak, istalgan jamoa bilan o‘ynay olishimiz mumkin. Odatda taxmin qilishni yoqtirmayman. Kim tushsa ham o‘ynashimiz kerak. Umid qilamanki, terma jamoamiz munosib natija qayd etadi. Qur’adan so‘ng esa raqiblar haqida fikr bildirish mumkin", dedi Ravshan Haydarov Championat.asia nashriga.

Eslatib o‘tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 14:06. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!