Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Isroilning Dohadagi operasiyasini qoraladi

A A A
O‘zbekiston Isroilning Dohadagi operasiyasini qoraladi

O‘zbekiston Isroil tomonidan Qatar hududida amalga oshirilgan operasiyani qoralab bayonot berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi.

Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bo‘lib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi.

O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday ko‘rinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildiradi”, deyiladi TIV bayonotida.

Kiritildi: 21:30 09.09.2025. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!