Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi Shvesiyada Qur’on yoqib yuborilganiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi Shvesiyada Qur’on yoqib yuborilganiga munosabat bildirdi

Har qanday harakat e’tiqoddan qat’i nazar, barcha dindorlarning his-tuyg‘ularini hisobga olishi kerak. O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi matbuot kotibi Faxriddin Muhammadiyev Shvesiyada Qur’on yoqib yuborilgan aksiyani Sputnik muxbiriga shunday izohladi.

Yakshanba kuni Stokgolmda radikal siyosatchi Rasmus Paludan Turkiya elchixonasi oldida Islomning muqaddas kitobini yoqib yubordi. OAV u bu harakatiga Shvesiya rasmiylaridan ruxsat olganini yozgan.

Bu Anqarada ham, boshqa musulmon davlatlari - Quvayt, Saudiya Arabistoni va BAAda ham tanqidlar to‘lqiniga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 17:32 24.01.2023. O'qildi: 2758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!