O‘zbekiston delegasiyasi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkan VI Islom birdamligi o‘yinlarida munosib ishtirokini yakunladi.
Musobaqada yurtimiz sportchilari jami 96 ta medal – 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronzani qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 57 davlat orasida Turkiyaddan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natija yurtimizning Islom birdamligi sport assosiasiyasiga a’zo mamlakatlar orasida ko‘p qobiliyatli va yetakchi sport davlatlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Shu tariqa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi o‘yinlari rasman yakuniga yetdi.
Tantanali yopilish marosimida Akbar Jo‘rayev va Aktenge Keunimjayeva delegasiyamiz bayroqdorlari bo‘ldi.
Shuningdek, marosimda Islom birdamligi sport assosiasiyasi bayrog‘i navbatdagi O‘yinlarni o‘tkazadigan Malayziyaga tantanali ravishda topshirildi.