Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozi oshdi

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozi oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilgi O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish prognozini 7,5%gacha oshirdi.

Joriy yilda O‘zbekistonning YAIM 7,5%ga o‘sishi kutilmoqda, bu Markazning iyun oyidagi prognozidan 0,8% bandga yuqori.

🎯 Mavjud makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, Markazning integrasiyalashgan modeli 2025 yilda YAIMning 7,5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Prognoz koridori 7,3–7,7% oralig‘ida.

🫥 Markaz xulq-atvor iqtisodiyoti ko‘rsatkichilarini, jumladan Google qidiruvlari dinamikasini tahlil qildi.

📊 Joriy yil yanvar–oktyabr oylarida «avtotransport vositalari» kategoriyasidagi so‘rovlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3% ga, «biznes va sanoat» – 5,9% ga, «xaridlar» – 8,1%ga va «moliya» kategoriyasida 9,5% ga oshgani kuzatildi.

🖊 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari oldinroq Shveysariyaning KOF iqtisodiy instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston uchun real vaqtda makroiqtisodiy tahlil modelini ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu loyiha Jahon banki va Innovasion rivojlanish agentligi ko‘magida MUNIS dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 18:35 10.12.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!