“Oxford Insights” tashkiloti e’lon qilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” reytingini e’lon qildi.
Unda O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur reyting hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.
Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekani e’tirof etildi.
Reytingda O‘zbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi.