O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi aksilterror mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlashdan iborat, deydi ISPR.
Jami 20 ta davlat ishtirok etadi, jumladan, Qozog‘iston, Bahrayn, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Maldiv, Marokash, Qatar, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya va boshqalar.
Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Myanma, Germaniya, Indoneziya, Yaponiya va Omon harbiy kuzatuvchi sifatida qatnashadi.