O‘zbekiston Anakliya chuqur dengiz portini rivojlantirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Bu haqda Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Mariam Kvirivishvili va O‘zbekiston sarmoya, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Gruziya transport yo‘lagi orqali O‘zbekiston yuklarini tashishga alohida e’tibor qaratildi. Kvirivishvili O‘rta yo‘lak va zamonaviy logistika infratuzilmasini, jumladan Anakliya portini, Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘l liniyasini rivojlantirish, temir yo‘llarni modernizasiya qilish va Tbilisida yangi ayeroport qurish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston ham Yevropa Ittifoqi bozoriga “yashil” energiya eksport qilish va Qora dengiz orqali suv osti kabeli loyihasida ishtirok etishdan manfaatdorligini bildirdi. Texnologiya, qishloq xo‘jaligi, turizm va fuqaro aviasiyasi sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.