Bugun 18 avgust, 2022 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston gaz eksport qilishni butunlay to‘xtatishi mumkin

A A A
O‘zbekiston gaz eksport qilishni butunlay to‘xtatishi mumkin

«O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi «balki yaqin kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan barcha gaz mamlakatda qolishi»ni aytdi.

O‘zbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkin. Bu haqda «Interfaks» «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Behzod Normatovga tayanib xabar bermoqda.

Normatovning so‘zlariga ko‘ra, «balki yaqin kelajakda» O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan barcha gaz O‘zbekistonda qoladi, «chunki kimyo korxonalari kengaymoqda, ichki iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kerak».

«Ha, eksport bor edi, lekin bizda hamon iqtisodiy dinamika yo‘q. Ish o‘rinlari yaratishimiz kerak, lekin eksportni sof ko‘rinishida olib borish — bu iqtisodiyot uchun qanchalik foydali, uni qachon qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish mumkin?», — dedi Normatov va 2025-2026 yillarda gaz eksporti to‘xtashi mumkinligini aytdi.

Nashrning yozishicha, ayni paytda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.

Normatovning so‘zlariga ko‘ra, foiz O‘zbekistonning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib, oydan oyga o‘zgarib turadi — ular ustuvor. Qoidaga ko‘ra, eksport qilinadigan gaz hajmi qishda qisqaradi, yozda esa ko‘payadi.

«O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bor, ular oldida biz ma’lum majburiyatlarga egamiz. Ya’ni, loyihalar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida — Xitoy kompaniyalari, Rossiya kompaniyalari — biz ularning gazini eksport qilishni ta’minlaymiz. Ya’ni, bularning barchasini ichki bozorga yo‘naltirishimiz mumkin edi, lekin o‘zimizdagi kelishuvlarga amal qilamiz», — dedi Normatov.

Kiritildi: 23:25 27.06.2022. O'qildi: 6232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!