Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida jahon futboli afsonalari bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida jahon futboli afsonalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Yoshlar oyligi doirasida jahon futboli afsonalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Braziliya va Italiyaning yaqin o‘tmishdagi yulduzlari Dida, Serjinio, Kristian Panuchchi va Kristian Zakkardo kabi futbolchilar O‘zbekiston futbol assosiasiyasida mehmon bo‘ldi.

Futbol afsonalari dastlab o‘zbek futboli tarixini aks ettiruvchi muzey bilan tanishdilar. Shundan so‘ng O‘FA, MOQ, BMB Holding kompaniyasi rahbariyati hamda bugungi martabali mehmonlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimizda sport, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor natijasida bugungi kunda ushbu yo‘nalish yuksak darajada rivojlanib borilayotgani qayd etildi. Bu turli terma jamoalarimizning natijalarida aks etayotgani, shuningdek, futbolni rivojlantirish, unga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha futboli rivojlangan davlatlar bilan qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Futbol afsonalari ham o‘z o‘rnida yurtimizda havaskor va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va xalqaro arenalardagi natijalar, xususan ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritilganini yuqori baholadilar.

Uchrashuv davomida futbolni ommalashtirishga qaratilgan dolzarb tashabbus va rejalar yuzasidan fikr almashildi. Italiya va Braziliya futboli afsonalari ishtirokida kelajakda bir nechta loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kiritildi: 17:16 29.06.2024. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!