Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin tus olayotgani, jumladan, AQSh tomonidan Erondagi yadroviy obektlarga uyushtirilgan hujumlar, va Yaman husiylarining aralashuvi ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni favqulodda ogohlantirdi.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, Eron va Isroil hududida bo‘lgan o‘zbekistonliklar imkon qadar tezroq xavfsiz joylarga ko‘chishi yoki ushbu davlatlarni tark etishi zarur.
TIV matbuot kotibi Axror Burxanovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston mintaqadagi keskin vaziyatdan chuqur xavotirda. Mamlakat doimiy ravishda nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘lib kelgan.