O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (ETB) qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi taraqqiyot institutlari assosiasiyasi (ADFIAP) a’zolari – investorlar konferensiyasi chog‘ida tashkilot rahbari Nikolay Podguzov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YETB va O‘zbekiston o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda va ko‘plab pozisiyalar bo‘yicha yaqinlashuv kuzatilgan. Shu sababli, hozirgi vaqtda O‘zbekiston bankka qo‘shilish uchun eng real nomzoddir.
Evroosiyo taraqqiyot banki (Eurasian Development Bank, EDB) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlarida iqtisodiyotni, savdo-iqtisodiy munosabatlarni va integrasiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan investisiya faoliyatini amalga oshiradi. 2006 yilda tashkil etilgan, ustav kapitali 7 mlrd dollarga teng. Bankning shtab-kvartirasi Olma-Ota shahrida (Qozog‘iston) joylashgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg, Ostona, Bishkek, Dushanbe, Yerevan, Minsk, Moskvada vakolatxonalari mavjud.