Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xomashyo yo‘nalishidan voz kechish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam beradi.
O‘zbekiston bosh vaziri YEOII mamlakatlari bozorlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab oshib borayotganini qayd etdi.
💬 “Bular maishiy elektronika, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil butlovchi qismlari va sifati bo‘yicha xorijiy hamkasblaridan qolishmaydigan boshqa mashhur mahsulotlardir”, — dedi u.