Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan YEOII yetakchilarining kengaytirilgan yig‘ilishida respublika bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 30 %ga, joriy yilda esa 40 %ga o‘sdi.
Respublika kooperasiya aloqalarini yanada rivojlantirish, sanoat texnoparklarini birgalikda rivojlantirish tarafdori, dedi u.
Joriy yilning o‘zida mamlakatda YEOII davlatlari ishtirokida 1000 ta yangi korxona ochildi. Ularning umumiy soni 5 mingdan oshdi.